Oksbrij xalqaro maktabining rus bo’limi akademik direktori. U ta’lim sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib, o‘qituvchi va rahbar sifatida katta tajribaga ega. U “Intellektual” va “Letovo” kabi mashhur Moskva maktablarini yaratish va rivojlantirishda ishtirok etgan.
Dmitriy Emmanuilovich – filolog va matematika o’qituvchisi, matematikani o’qitish metodikasi bo’yicha kitoblar, darsliklar va maqolalar muallifi. Shuningdek, u matematika o‘qituvchilari ijodiy tanlovi, matematika festivali va boshqa olimpiadalar uchun topshiriqlar tuzuvchisi bo‘lgan.
Dmitriy Emmanuilovich doimiy ravishda o’z maktabida ta’lim sifatini oshirish ustida ishlaydi va o’quvchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga yordam beradi. Dmitriy Emmanuilovich o’z bilim va tajribasini hamkasblari va shogirdlari bilan baham ko’rishga doimo tayyor inson.